Hilol Nashr Hamkor do'koni! Bu nima degani?

«Hilol Nashr» nashriyotidan KITOB do'konlari uchun Ramazon oyiga ajoyib yangilik! Endilikda siz «Hilol Nashr» nashriyotining rasmiy hamkor do'koni sifatida faoliyat yuritishingiz mumkin.

Maqsadimiz Hilol Nashrda chop etiladigan asarlar: Mus'hafi Sharif, Shayx hazratlarining asarlari, boshqa diniy-ma'rifiy hamda badiiy kitoblarni eng chekka manzillarga ham imkon qadar arzon va tezroq yetib borishini ta'minlashdir. Buning uchun hamkorlikda ishlaydigan do'konlar uchun bir qator qulayliklar yaratib beriladi, jumladan:

- «Hilol-Nashr» hamkorligini bildiriuvchi belgi

- Kitoblar uchun chegirmalar

- Call-markaz orqali mijozlarga hamkor do'konlar haqida ma'lumot

- Talab yuqori bo'lgan kitoblar bilan ta'minot va boshqalar

Agar yuqoridagi takliflar sizga ma'qul bo'lsa va biz bilan hamkor do'kon sifatida ishlashni istasangiz, bizga aloqaga chiqing, batafsil ma'lumot beramiz, inshaalloh.

Aloqa uchun: 

+998998487998 - Bunyod Po'latov, onlayn savdo bo'limi boshlig'i

+998933970077 - Adham Sobirov, hamkor do’konlar bo’yicha menejer (Faqat hamkorlik masalalari bo'yicha, 09.00-17.00)

Kirib kelgan Ramazon oyingiz yana bir bor muborak bo'lsin!